|
|
 |
|
|
"Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi" ning uchinchi bosqichida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Qarshi
davlat universitetida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik ruhini talabalarga singdirish, ozodlik, vatanparvarlik
kayfiyatini qaror toptirish o'tilayotgan har bir darsning asosiy
maqsad darajasida bo'lishiga erishish yo'lida asosiy e'tibor
qaratilgan. Ta'lim
jarayonida Davlat ta'lim standartlarining joriy etilishi, yuqori
malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashi, reyting tizimining
o'quv jarayoni asosini tashkil etishi, darsliklar, o'quv adabiyotlari,
ma'ruza matnlari bilan ta'minlanishning talab darajasida bo'lishiga
erishish yaxshi natijalar beryapti. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalarini joriy etilishiga
qat'iyat bilan amal qilinmoqda.
1956
yildan Qarshi Davlat pedagogika instituti sifatida
faoliyat ko'rsatgan oliygohga O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11 mart farmoni bilan Qarshi davlat
universiteti maqomi berilgan. Hozirgi kunda kunduzgi bo'limda 30 ta, maxsus sirtqi bo'limda 6 ta bakalavr ta'lim yo'nalishlar
bo'yicha kadrlar tayyorlanadi.
Universitetda talabalarning umumiy kontingenti 7846 nafar bo'lib,
shundan 6574 nafari kunduzgi bo'limida (shundan 4185 nafari
qizlar), 1272 nafari maxsus sirtqi
bo'limda ta'lim olmoqda. Universitetning kunduzgi bo'limida
295 ta akademik guruh mavjud bo'lib 7 millat vakillari tahsil
olib kelmoqdalar. Universitet tarkibida 8 ta fakultet, 37 ta
kafedrada 548 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatib
kelmoqda. Shundan 20 nafari fan doktori, professorlar, 196 nafarini
fan nomzodlari, dotsentlar tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda
o'rindoshlik sifatida yetuk tajribali professor - o'qituvchilar
markaziy oliy o'quv yurtlaridan taklif etilgan. Universitetda
o'quv jarayoni Davlat ta'lim standartlari asosida, davr talabiga
mos holda olib borilmoqda.
Universitet tarkibida akademik litsey, biznes
maktabi va gimnaziya faoliyat ko'rsatadi. Shu bilan bir qatorda "Axborot resurs markazi", "Axborot texnologiyalari va masofaviy ta'lim", "noshirlik", "Viloyat mintaqaviy
til o'rganish", "Nasaf va Kesh", "Kurash", "Sog'lomlashtirish",
"Tikuvchilik" markazlari tashkil etilgan.
O'quv jarayonini Davlat ta'lim standartlari
talab darajasida olib borish maqsadida 51 dan ortiq o'quv laboratoriyalari,
ustaxonalar, tajriba ishlab chiqarish maydonlari tashkil etilgan.
Universitet bo'yicha 231 nafar iqtidorli talabalar
tanlab olinib, o'quv yili davomida "Mutaxassislik", "Kompyuter
savodxonligi" va "Xorijiy tillar" dan qo'shimcha darslar tashkil
qilinib jadval asosida muntazam mashg'ulotlar olib boriladi.
Universitetimiz maktablarga o'quv-uslubiy yordam
berish maqsadida viloyatning turli hududlarida joylashgan 18
ta "Tajriba - tayanch" maktablarini tashkil etdi. Mutaxassis
chiqaruvchi kafedralarning aksariyati akademik litsey,
kasb-hunar kollejlari bilan yaqin aloqada bo'lish maqsadida
kefedralarning filiallarini tashkil etgan.
Hozirgi kunda universitetimiz O'zbekiston
milliy universiteti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti,
Toshkent yuridik instituti, Guliston Davlat universiteti, Andijon
xalq xo'jaligi instituti, Farg'ona Davlat universiteti, Nukus
Davlat universiteti va Qarsh muhandislik iqtisodiyot institutlari
bilan hamda xalqaro miqyosda Angliyaning Shimoliy London universiteti
va Fillandiyaning Oulu universitetlari bilan videokonferensiyalar
o'tkazilib kelinmoqda.
|
|
| |

Universitet rektori, Oliy Majlis Senati a'zosi, prof. M.T.Normuradov
savolingizni yo'llang |
|
|
Vaqt kutib turmaydi
|
|
|
|
|
| |
|
|
| |
|
|
| |
Qashqadaryo haqida
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|