|
|
 |
|
|
|
Abiturient- 2009
|
|
Abiturientga eslatma.
Abiturientlarning o’qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta‘lim muassasalarining qabul komissiya tomonidan 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Abiturient o’qishga kirish chog’ida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ta‘lim yo’nalishi, o’quv tili va shakli ko’rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta‘lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma‘lumoti yo’qligi hamda test sinovlarini o’tkazish qoidalari va javoblar varaqalarini to’g’ri to’ldirish bilan tanishganligi ko’rsatiladi);
umumiy o’rta (11-sinf negizida) yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma‘lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
086-U shakl bo’yicha tibbiy ma‘lumotnoma;
pasportining nusxasi;
3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
Tanlovdan tashqapi o’qishga kirish huquqiga ega bo’lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g’oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlapni topshiradilar.
Abiturient arizasida «o’zim haqimda quyidagilarni ma‘lum qilaman» grafasiga hujjatlar bilan tasdiqlovchi holatlar (bolalikdan I va II guruh nogironlari, chin yetim va yetim, «Mehribonlik uylari» tarbiyalanuvchilari va boquvchisi yo’q) qayd etiladi.
O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tab bo’lgan fuqarolar harbiy qism qo’mondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini taqdim etadilar.
Harbiy qism tavsiyanomasining shakli va uni olish tartibi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan tasdiqlangan Muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarga O’zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalariga o’qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to’g’risida nizom bilan belgilanadi.
Abiturient tomonidan pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat ham shaxsan ko’rsatiladi. Harbiy qismlar qo’mondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan hamda muddatli harbiy xizmatni tugatgan davridan boshlab uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Tavsiyanomalar (asl nusxasi) yuqorida ko’rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda topshiriladi.
Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mavjud bo’lganda qabul komissiyasi abiturientning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so’ng hujjatlarga qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritish qat‘iyan man qilinadi.
Abiturient tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abiturient test sinovlaridan chetlashtiriladi.
|
|
|
|
|
| |
| |

Universitet rektori, Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha (ombusdman)ning mintaqaviy vakili, prof. M.T.Normuradov
savolingizni yo'llang |
|
| |
|
|
| |
Qashqadaryo haqida
|
|
| |
|
|
|
|
|