Qarshi Davlat universitetida bugungi kunda talabalar uchun elektron kutubxona yaratildi.
Ushbu elektron kutubxona universitetda mavjud ta'lim yo'nalishlari hamda boshqa oliy o'quv yurtlarining shu yo'nalishidagi talabalari uchun mo'ljallangan. Universitetning 7 fakultetida 31 yo'nalish bo'yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Kutubxonamizda har bir yo'nalish uchun darslik, ma'ruzalar matni, o'quv qo'llanma, metodik qo'llanmalar mavjud bo'lib, ular yo'nalishlar bo'yicha taqsimlab chiqilgan. Axborot izlayotgan yo'nalishlar bo'yicha barcha ma'lumotni olishi mumkin.
Elektron kutubxona har kuni yangi resurslar bilan boyitilib borilmoqda.
Elektron kutubxonadagi ma'lumotlar *.rar va *.pdf formatda joylashtirilgan bo'lib, ushbu resurslarni ko'chirish tugmasini boshish orqali o'qishingiz yoki ko'chirib olishingiz mumkin. Kompyuteringizda Adobe Acrobat Reader yoki RAR arxiv dasturlari o'rnatilmagan bo'lsa Adobe Acrobat Reader dasturini http://www.adobe.com/acrobat/ web-saytidan RAR dasturini shu yerdan ko'chirib olishingiz mumkin.